Название: O‘zbekistonda eng yaxshi o‘qituvchilarning darslari videotasmaga yozib olinmoqda
 Гость
 17.08.2017
 Просмотры: 162

>O‘zbekistondagi eng yaxshi o‘qituvchilarning darslari videotasmaga yozib olinmoqda va maktablar bo‘ylab tarqatilmoqda, deb xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.

 

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Xalq ta’limi vazirligi zamonaviy texnologiyalar yordamidagi “ochiq darslar”ga qatnashuv darajasini kengaytirishga qaror qildi. Buning uchun “Yilning eng yaxshi fan-o‘qituvchisi” tanlovining natijalari yuzasidan aniqlangan 18 ta fan bo‘yicha tajribali mutaxassislarning namunali darslarini tasmaga yozib olish taklif etildi.

Respublika ta’lim markazi tomonidan maktab dasturlarining 56 ta mavzusi ishlab chiqishga tavsiya berildi. Ular bolalarning bilimlarni o‘zlashtirishi va idrok etishidagi murakkabliklarni bartaraf etishga mo‘ljallangan dars materiallaridir.

“So‘nggi yillarda maktablarda ta’lim berish sifatini oshirish uchun murabbiylarning metodik qo‘llab-quvvatlashini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda”, — dedi Respublika ta’lim markazi direktorining o‘rinbosari Mehriniso Doniyorova.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining rasmiy portalida o‘qituvchilar uchun to‘qqizta videodars allaqachon joylashtirilgan.

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]