Название: O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit hajmi 8 trln so‘mdan oshdi
 Гость
 21.11.2017
 Просмотры: 180

2014-yilning 10 oyida O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektoriga yo‘naltirilgan bank kreditlari umumiy hajmi 31,8 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu 2013-yilning shu davriga nisbatan 30,8 foiz ko‘p ekanligi O‘zbekiston bank-moliya sektorini barqaror rivojlantirish masalasi bo‘yicha amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-amaliy konferensiyada qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Toshkent. Foto: O‘zA

Toshkent. Foto: O‘zA

Ta’kidlanishicha, investitsion kreditlar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,1 foiz o‘sib, 7,2 trillion so‘mdan oshgan.

Bank-moliya tashkilotlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini muntazam qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Shu yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra, ularga ajratilgan kreditlar hajmi 8 trillion so‘mdan oshdi va bu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish imkonini bermokda.

Bank nazoratining samarali amalga oshirilayotgani, bank likvidligi va aktivlari sifati ustidan doimiy monitoring olib borilayotgani O‘zbekiston banklarining xalqaro darajada yuqori reyting ko‘rsatkichlarga erishayotganining kafolati bo‘lmoqda. Bugungi kunda jahondagi yetakchi Fitch, Standard & Poor`s, Moody`s reyting agentliklari O‘zbekistonning barcha tijorat banklariga barqaror reyting ko‘rsatkichlarini bergan.

O‘zbekiston erishayotgan iqtisodiy yutuqlar xalqaro moliya institutlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Jumladan, Jahon banki guruhining 2014-yilning 29-oktabrida e’lon qilingan “Biznes yuritish — 2015: Samaradorlik doirasidan chiqib” mavzusidagi ma’ruzasida O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan o‘z pozitsiyasini 8 bandga yaxshilagani qayd etilgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]