Название: O‘zbekistonda SAP Business One biznes-ilovasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi
 Гость
 19.09.2017
 Просмотры: 234
Toshkentda 19-may kuni SAP Business One negizida kichik va o‘rta biznesni avtomatlashtirish uchun biznes-ilova” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Infocom.uz xabar berdi.

Foto: Infocom.uz

Foto: Infocom.uz

Ishbilarmon doiralar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqarishi bilan butun jahonga tanilgan SAP kompaniyasi Huawei Technologies telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish kompaniyasi va O‘zbekistondagi Maorif Plus integratori bilan hamkorlikda SAP Business One negizida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan ilova-dasturni taqdim etadi.

SAP Business One dasturiy yechimi taqdimoti doirasida SAP Business One yoramida biznesni tezlashtirish, Huawei’ning SAPHANA yechimi, yetkazib berish nuqtalarini boshqarish va optimallashtirish, omborxonalarni boshqarish va logistika, turizm va sug‘urta, chakana savdo va farmatsevtika, kiyim do‘konlari va yengil sanoat kompaniyalari uchun yechimlar muhokama qilinadi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]