Название: O‘zbekistonda yangi Samsung Galaxy S5 LTE-A smartfoni 2 million so‘mdan sotila boshlandiToshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi
 Гость
 28.06.2017
 Просмотры: 206

Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida yangi Samsung Galaxy S5 LTE-A smartfoni 2 million so‘mdan sotila boshlandi. Bu haqda Mobinfo.uz ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 

Foto: Mobinfo.uz

Foto: Mobinfo.uz

Ushbu smartfon Galaxy S5’dan LTE Advanced modulida ishlashi bilan farq qiladi. Shu sabab uning internetda ishlash tezligi soniyasiga 225 megabitni tashkil etadi. Bu smartfon Galaxy S5’dan faqatgina internetda ishlash tezligi bilan farq qilmaydi. Unda 5,1 dyuym 2560×1440 pikselli, Galaxy S5’da esa kichikroq — 1920×1080 pikselli displey mavjud. Galaxy S5’ning tezkor xotirasi 2 Gb bo‘lsa, Galaxy S5 LTE-A smartfonida esa 3 Gb tezkor xotira o‘rnatilgan.

Uning ichki xotirasi 32 gigabaytni tashkil etadi va unga 128 gigabaytgacha MicroSD o‘rnatish mumkin. Shu bilan birga Galaxy S5 LTE-A smartfonida 2,5 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 805 protsessori va Adreno 420 videokartasi o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida 16 Gb ichki xotirali Galaxy S5 smartfoni 1,7 million so‘mdan sotilmoqda.

Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:

  •  
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]