Название: O‘zbekistondagi yulduzlarning mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shgan kadr ortidagi ijodkorlarni qo‘llash maqsadida “YulduzKor” loyihasi ishga tus
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 233

 

 

Foto: Sayyod.com

 

“YulduzKor” mashhurlarni yulduz bo‘lishida o‘rni katta bo‘lgan va hamisha kadr ortida qoladigan ijodkorlar musobaqasi bo‘lib, kasting orqali turli ijodkorlar ikki guruhga yig‘iladi, ya’ni shu ikki guruhning har birida bittadan shoir-bastakor, liboskor, bo‘yokor-turmakkor, suratkor va videokorlar bo‘ladi.

Har ikki guruhga bittadan xonanda biriktirilib, ular hammasi uchta shartdan o‘tadi. Mazkur shartlarning bajarilishiga har biri uchun bir hafta — jami uch hafta ajratiladi. Shuningdek, har bir shart uchun chegaralangan mablag‘ butun guruhga beriladi. Shartlar, albatta, mashhurning faoliyati doirasida bo‘ladi.

Uch hafta o‘tgach, ikki guruhdan eng ko‘p ball yiqqan har bir yo‘nalishdagi ijodkordan bittasi tanlanib, bir guruh qilinadi va bu guruh finalda xuddi shu tariqa keyingi mavsumda ishtirok etib, saralab olingan boshqa bir kuchli guruh bilan bellashadi.

Kaniza guruhi. Foto: Sayyod.com

 

Natijada san’at olami bir yilda bitta “YulduzKor” guruhi bilan ta’minlanadi. Lekin bu loyihada g‘olib yoki mag‘lub tushunchasi bo‘lmaydi, zero uch hafta davomida har bir ijodkorga xalqqa o‘z ijodini taqdim etish uchun reklama imkoniyati berilgan bo‘ladi.

Loyihada ishtirok etish uchun, asosan, yosh ijodkorlarga imkoniyat beriladi. Hozircha har bir guruhda beshtalik: liboskor, bo‘yokor-turmakkor, videokor, shoir-bastakor va suratkor ishtirok etadi.

“YulduzKor” faqatgina bir soha doirasida bo‘lmay, unga aynan xonandalar bilan bog‘liq turli ijodiy soha vakillari yig‘iladi va ularning har biriga yuklatilgan shartda ishtirok etishi uchun vazifa o‘ylab topiladi. Albatta u shart xonanda faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

Shoira Otabekova guruhi. Foto: Sayyod.com

 

“Sayyod.com” mazkur loyihada dizaynerni liboskor, fotografni suratkor, parikmaxer-vizajistni turmakkor-bo‘yokor, klipmeykerni esa videokor deb “o‘zbekonalashtirishga qaror qilgan”.

“YulduzKor” loyihasining birinchi mavsumida ikki guruh yig‘ilib, ularga ikki xonanda biriktirildi. Guruhni yig‘ish va unga xonandani biriktirishda ikki meva: olma va nok qur’a sifatida yordam berdi. Hozirda xonandalar Kaniza va Shoira Otabekova o‘z guruhlari bilan birinchi shartni o‘tamoqda va deyarli har kuni suratga olish ishlari qizg‘in ketmoqda.

Ularga ajratilgan mablag‘ miqdori, belgilangan vazifalar va ish jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan 

 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]