Название: O‘zbekistonning ikki yirik banki CLICK bilan bitim imzoladi
 Гость
 22.07.2017
 Просмотры: 280
O‘zbekiston Xalq banki va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan chiqarilgan DUET (offlayn) plastik karta egalari endi CLICK tizimining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda CLICK kompaniyasi xabar bermoqda.

CLICK. Foto: gazeta.uz

CLICK. Foto: gazeta.uz

“Ushbu banklar va CLICK kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlar natijasida ushbu banklarning plastik karta egalariga CLICK mobil banking tizimiga ulanish, istagan paytda va ishlaridan chalg‘imasdan turib turli to‘lovlarni amalga oshirishga imkon ochib berilmoqda”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Shunday qilib, CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan banklar umumiy soni 18 taga yetdi. Ular quyidagilardir:

  1. AGROBANK
  2. ALOQABANK
  3. ASAKA BANK
  4. ASIA ALLIANCE BANK
  5. HAMKORBANK
  6. INVEST FINANCE BANK
  7. IPAK YOLI BANK
  8. IPOTEKA-BANK
  9. MIKROKREDITBANK
  10. NBU
  11. ORIENT FINANCE BANK
  12. QISHLOQ QURILISH BANK
  13. RAVNAQ BANK
  14. SAVDOGAR BANK
  15. TRASTBANK
  16. TURKISTON BANK
  17. UNIVERSALBANK
  18. XALQBANK

CLICK tizimiga offlayn plastik kartalarini ulagan foydalanuvchilar pul mablag‘i kelib tushishi va barcha xarajatlar to‘g‘risida xabardor bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Xarajatlar to‘g‘risidagi xabarnomalar to‘lov amalga oshirilgan savdo maskanidagi terminal inkassatsiya qilinganidan keyin foydalanuvchiga yuboriladi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]