Название: Obama Suriyada “Islom davlati”ga qarshi kurash strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi — OAV
 Гость
 21.10.2017
 Просмотры: 232

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z qo‘li ostidagilarga Suriyadagi “Islom davlati” terroristik guruhi jangarilariga qarshi kurash bo‘yicha Amerika strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu haqda CNN telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

 

Foto: Associated Press

Foto: Associated Press

Xabarga ko‘ra, o‘tgan haftada Oq uyda Obamaning tashqi siyosiy jamoasi vakillarining to‘rtta uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Ularda birinchi navbatda “AQShning Suriya bo‘yicha strategiyasi uning ‘Islom davlati’ga nisbatan strategiyasi bilan bir-biriga qanday bog‘liqligi masalasi” muhokama qilingan.

Telekanalning taxmin qilishicha, Vashington Suriya prezidenti Bashar Asadni hukumatdan chetlashtirmasdan turib, jangarilarni yengib bo‘lmasligini tushunganidan so‘ng, Suriyada “Islom davlati” bilan kurashish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]