Название: Olmaliq shahrida firibgar ayol plastik kartochkalardan 10 million so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirib oldi
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 256

Toshkent viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudida bir necha odamni aldab, plastik kartochkadagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib olgan ayolga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Olmaliq haqiqati” xabar bermoqda.

 

Foto: gornovosti.ru

Foto: gornovosti.ru

Plastik kartochkalar kushandasining cho‘pchaklariga laqqa tushgan ohangaronlik ayol 710 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i bo‘lgan plastik kartochkasini nima uchun ikki qo‘llab firibgarga berib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi.

2014-yil 30-yanvar kuni firibgar ayol navbatdagi o‘lja sari ov boshlaydi. O‘lja ham tezda topila qoldi. Olmaliqlik ayol atrofida girdikapalak bo‘layotgan firibgarning shirin gaplariga tezda ishondi. Firibgar “opaginam, tez kunlarda naqd pul qo‘lingizda bo‘ladi”, — deya oz emas, salkam besh million, ya’ni 4 million 954 ming so‘m mablag‘i bo‘lgan plastikni “gum” qilib ketdi.

Yil boshi “barakali” kelganidan kayfiyati chog‘langan firibgar fevralda yana hunarini ko‘rsata boshladi. 2014-yil 10-fevral kuni yana bir sodda ayol 400 ming so‘mlik plastigidan judo bo‘ldi.

2014-yilning 20-fevral kuni “ovchi”ning tuzog‘iga yirik o‘lja — bir million so‘mlik plastik kartochka ilinib qoldi. Plastik egasi piskentlik ayol qanday qilib notanish kimsaga yirik miqdordagi mablag‘ini berib yuborganini haligacha tushunmayotgani aniq.

Jami 10 million 389 ming so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgan plastik kartochkalar kushandasi, firibgar, sudlanuvchi ayol umrining uch yilini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]