Название: Pentagon: Xitoy bahsli orollardagi yerlarni tiklash ishlarini tezlashtirdi
 Гость
 27.09.2017
 Просмотры: 236
Xitoy hukumati Janubiy Xitoy dengizida joylashgan bahsli Spratli orollari hududida yerlarni tiklash jarayonini tezlashtirdi. Bu haqda, Kommersant.ru’ning xabar berishicha, AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan chiqarilgan Xitoyning harbiy va xavfsizlik sohalaridagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan yillik hisobotda ma’lum qilingan.

Foto: bwbx.io

Foto: bwbx.io

“2014-yilda Xitoy Spratli arxipelagi hududidagi o‘zining beshta mustahkam inshootlarida yerlarni tiklash bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. 2014-yil dekabridagi holatga ko‘ra, Xitoy ushbu harakatlar samarasida 2 kvadrat kilometr yer tikladi. Bu ishlar yakuniga yetishi bilan ushbu hududda portlar, kommunikatsiya va kuzatuv tizimlari, moddiy-texnik baza va, hech bo‘lmaganda, bitta aerodrom joylashishi mumkin”, – deyiladi hujjatda.

Qayd etishlaricha, Janubiy Xitoy dengizining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Spratli orollariga Vyetnam, Xitoy, Tayvan, Malayziya, Filippin va Bruney da’vogarlik qiladi. Arxipelag ham geosiyosiy, ham iqtisodiy jihatdan muhim: taxminlarga ko‘ra, bu yerda katta neft va gaz zaxirasi mavjud.

Mintaqadagi vaziyat Xitoy marjon qoyalardan biriga asoslanib sun’iy orollar qurishga faol kirishganidan so‘ng keskinlashdi. Filippin prezidenti Benigno Akino III Xitoyning aybi bilan mintaqada keng miqyosli harbiy nizo kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ayni vaqtda, rasmiy Manila arxipelagning boshqa bir qismida obyektlarni “qayta tiklash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlar” qayta boshlanishini e’lon qildi. Ushbu bahsda AQSH Filippinni faol qo‘llab-quvvatladi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]