Название: “Qazaqstan temir joli” O‘zbekiston uchun paxta olib o‘tishning pasaytirilgan narxini 2015-yilda ham saqlab qoladi
 Гость
 18.11.2017
 Просмотры: 177

Toshkent shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi hamda “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi vakillari 2013-yil va 2014-yilning 10 oyida olib borilgan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Foto: novostnik.ru

Foto: novostnik.ru

Hozirda 2013-yilning shu davridagi tashilgan yuk hajmi saqlanib, 15,9 million tonnani tashkil etgani qayd qilindi. 2014-yilgi yuk tashish hajmini oshirish maqsadida sentabr−dekabr oylarida Qozog‘iston O‘zbekiston uchun paxta va o‘g‘itlar, O‘zbekiston esa Qozog‘iston uchun g‘alla va un mahsulotlarini o‘z hududidan olib o‘tishning narxini pasaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Pasaytirilgan narxlar sanalgan mahsulotlar uchun ikkala tomon tarif siyosati bazaviy stavkalarining 0,80 koeffisientiga tenglashtirilgan. Ushbu narxlarni 2015-yilda ham saqlab qolishga kelishilgan.

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning boshqa muhim masalalari borasida fikrlar almashilgan. Yakunda tomonlarning keyingi uchrashuvini 2015-yilda Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazishga kelishilgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]