Название: Qizil Xoch dunyo hamjamiyatidan Iroqqa yordam berish uchun 38,5 mln dollar ajratishni so‘radi
 Гость
 28.05.2017
 Просмотры: 146
Qizil Xoch Xalqaro qo‘mitasi (QXXQ) 11-may kuni xalqaro jamoatchilikka yuzlanib, Iroq aholisiga ko‘mak berish uchun 38,5 million dollar ajratishni so‘radi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: zn.ua

Foto: zn.ua

Ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘ga ehtiyoj “o‘z uylarini majburan tark etgan kishilar soni keskin oshishi” bilan bog‘liq.

QXXQ ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil boshidan buyon Iroqning o‘zida ko‘chirilgan shaxslar soni 300 mingdan 2,7 milliongacha yetgan. Bunga “mamlakatning turli hududlarida kuchaygan janglar” sabab bo‘lgan.

QXXQ operatsiyasi rahbari Dominik Stillxart so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha mablag‘ 900 ming kishiga yordam berish imkonini beradi. “Jazirama yoz yaqinlashayotganini hisobga olgan holda, asosiy prioritetimiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘ladi”, —  dedi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]