Название: Qrim rahbari amaldorlarni ijtimoiy tarmoqlardan ko‘proq foydalanishga chaqirdi
 Гость
 17.08.2017
 Просмотры: 191

Qrim rahbari Sergey Aksyonov amaldorlarga aholidan ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlarga tezkorlik bilan javob qaytarishni topshirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

 

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

“Aksyonov amaldorlarga aholidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tushayotgan murojaatlarga maksimal darajada tezkorlik bilan javob qaytarishni topshirdi. Bu topshiriq Qrim respublikasi Vazirlar kengashi yig‘ilishida berildi”, − deyiladi Vazirlar kengashining Facebook’dagi sahifasida.

Aksyonov eng ochiq siyosiy arboblardan ekanligi ma’lum qilingan. Jumladan, u o‘zining Twitter’dagi sahifasini faol yuritib, har kuni xabarlar va izohlar qoldirishi aytilgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]