Название: Ramzan Qodirov: “Rossiyaga hujum qilishni istagan ‘Islom davlati’ yetakchisi yo‘q qilindi”
 Гость
 18.10.2017
 Просмотры: 269

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Iroq va Shom islom davlati” guruhi yetakchilaridan biri Tarxan Batirashvili yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

 

Foto: islamreview.ru

Foto: islamreview.ru

“O‘zini Omar ash Shishani deb atagan Islom dushmani Tarxan Batirashvili yo‘q qilindi. Rossiya va chechen xalqiga tahdid qilish xayoliga kelgan har kimning ahvoli shunday bo‘ladi”, − deb yozadi Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

Avvalroq, “Islom davlati” guruhi yetakchilaridan biri Tarxan Batirashvili o‘z otasi bilan telefon orqali suhbatida Iroqning Mosul shahrini olgani va hali Rossiyaga ham hujum qilishini aytgani xabar berilgan edi. Bunga javoban Ramzan Qodirov terrorchilar Rossiya hududiga kirishga urinsa, ularni yo‘q qilishini aytgan.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]