Название: Riga markazidan “chormix qilingan Putin” olib tashlandi
 Гость
 22.07.2017
 Просмотры: 268
Rigadagi “Dissidentlar” ko‘rgazmasi tashkilotchilari Davlat xavfsizlik qo‘mitasining sobiq binosi hovlisiga o‘rnatilgan “chormixga tortilgan Putin” badiiy kompozitsiyasini olib tashlashdi. Bu haqda Meduza.io xabar bermoqda.

Foto: Mixnews.lv

Foto: Mixnews.lv

Tashkilotchilardan biri Maksis Malnatssning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda installyatsiyani nima qilish ustida bosh qotirmoqda. Uning qayd etishicha, chormix qilingan inson timsoli nafaqat Putinni, balki istalgan boshqa odamni yodga solishi mumkin.

Riga ko‘chmas mulk boshqarmasi vakillarining qayd etishlaricha, shoir Raynisning dissidentlik g‘oyasi haqidagi ko‘rgazmasini o‘tkazishni kelishib olishgan, biroq unda “ushbu bahsli installyatsiyani o‘rnatish” ko‘zda tutilmagan edi.

“Dissidentlar” ko‘rgazmasi 30-aprel kuni DXQning sobiq binosida ochilgan edi. 15-may kuni Latviya nashrlari Riga markazidagi ushbu bino hovlisiga mix tiqish mumkin bo‘lgan chormix qilingan Vladimir Putin haykali qo‘yilgani haqida xabar berdi. Shahar meri Nil Ushakov ushbu holatga izoh berarkan, bu haykal shaharda spays (mast qiluvchi vosita) topish mumkinligini tasdiqlashini aytgan.

Ko‘rgazmaning bu qismi yuzasidan Rossiyaning Latviyadagi elchixonasi alohida bayonot berib, Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan mamlakat poytaxtida bunday ig‘vogarona “badiiy asarlar”ning paydo bo‘lishiga chidab bo‘lmasligini ma’lum qildi. Latviya Tashqi ishlar vazirligi esa figuraga san’atshunoslar baho berishi kerakligini ta’kidladi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]