Название: Rolls-Royce Dubaydagi maharajalar uchun lyuks kabriolet ishlab chiqardi
 Гость
 17.08.2017
 Просмотры: 290

Rolls-Royce kompaniyasi faqatgina Dubaydagi mijozlar uchun mo‘ljallangan Maharaja Phantom Drophead Coupe kabrioletini taqdim etdi. Bu haqda Worldcarfans axborotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.

 

Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe Maharaja. Foto: Gazeta.ru

Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe Maharaja. Foto: Gazeta.ru

Ishlab chiqaruvchi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobilni tayyorlash vaqtida Hindiston “oltin asri” san’atidan ilhom olingan.

Kabriolet hind maharajalarining Rolls-Royce bilan “eng uzoq davom etgan munosabatlari” sharafiga ishlab chiqarilgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi 50 yil davomida Hindistonning badavlat shaxslari 840 dan ortiq Rolls-Royce avtomobillarini sotib olgan.

Yangi kabriolet yashil chizig‘i va Hindistonning qadim timsoli — tovus tasviri tushirilgan oq rangli kuzovi bilan ajralib turadi. Qushning tasviri o‘rindiqlarning bosh qo‘yadigan qismiga tushirilgan.

Avtomobilning texnik ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz qolgan — mashina hajmi 6,7 litr va 460 ot kuchiga ega 12 silindrli dvigatel va sakkiz bosqichli avtomat uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.

Avtomobil maxsus versiyasining narxi hozircha oshkor qilinmayapti.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]