Название: Ruminiyada poyezd ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan qiz tiriklayin yonib ketdi
 Гость
 18.11.2017
 Просмотры: 399
Ruminiyada 18 yoshli qiz poyezd tomida zo‘r selfi olishga urinib, tiriklayin yonib ketdi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Foto: The Mirror

Foto: The Mirror

18 yoshli Anna Ursu va uning dugonasi Facebook’dagi sahifasi uchun vagon tomiga chiqib, zo‘r selfi olish maqsadida Ruminiyaning Yassi shahridagi temiryo‘l bekatiga yashirincha kirgan.

Vagon tomiga ko‘tarilgan qizning qo‘li tasodifan qizib turgan simga tegib ketgan va u 27 ming volt kuchlanishni tokni qabul qilgan, natijada uning libosi yonib ketgan. Chaqnash zarbi esa qizning dugonasini poyezd tomidan yerga uloqtirib yuborgan.

Selfiga tushish ixlosmandi bo‘lgan qiz tanasining 50 foizdan ortig‘i kuyib ketgani holda kasalxonaga olib kelingan va ko‘p o‘tmay shu yerda vafot etgan. Uning dugonasi ham kuyish jarohatini olgan, biroq uning hayotiga hech qanday xavf yo‘qligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu “ideal selfi” olish istagida bo‘lganlarning xohish-istak qurboniga aylangani bilan bog‘liq ilk holat emas. Fevral oyida amerikalik yigit qaylig‘i bilan temiryo‘lda selfiga tushmoqchi bo‘lib, poyezd ostida qolib ketgandi. Yanvar oyi oxirida esa Hindistonda xuddi shunga o‘xshash holatda uch talaba halok bo‘lgandi.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]