Название: S-Walker Board – yangi transport turi
 Гость
 27.04.2018
 Просмотры: 786

S-Walker nomli nemis kompaniyasi S-Walker Board – yangi transport turini taqdim etdi.

211907_1_600

S-Walker Board

Skeytbord va Segway (ikki g‘ildirakli, muvozanatni avtomatik ravishda saqlaydigan va elektr quvvatida ishlaydigan transport) birlashmasi bo‘lgan bu qulay transport turining eng muhim jihati shundaki – u atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi.

450px-Segwaygreen

Segway. Foto: wikipedia.org

Harakatlanishi:

Segway kabi ikkita g‘ildirak o‘rnatilgan, lekin skeytbord kabi yon tomonga harakatlanadi. Yurish yo‘nalishi tomonga qarab egiltirsangiz harakatlanishni boshlaydi, orqa tomonga egiltirsangiz to‘xtab, orqaga harakatlanishni boshlaydi. S-Walker Board ustida oyoqlarni ketma-ket qimirlatish evaziga tezroq burilishga erishish mumkin.

Quyidagi video orqali uning qanday harakatlanishini ko‘rishingiz mumkin.


Texnik jihatlari:

Ikkita 250 vattlik motor o‘rnatilgan, ular qayta zaryadlash mumkin bo‘lgan batareyalardan quvvat oladi. Batareya quvvati 80 kilogrammlik vaznni 20 km masofagacha olib borishi mumkin. Batareya bir soatda to‘liq quvvat yig‘ib oladi. U bilan 6 km/soat tezlikda harakatlanish mumkin, lekin tajribali foydalanuvchilar 10 km/soat tezlikkacha ko‘tarila oladilar.

Segway kabi muvozanat saqlay oladi

Segway kabi muvozanat saqlay oladi

Kompaniya S-Walker Board uchun 930 dollar narx qo‘yishni mo‘ljallamoqda.

Sizga yangi transport turi yoqdimi? Fikringiz qanaqa?

 

Manba: www.gizmag.com

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]