Название: Telegram messenjeridan bir oyda 62 million kishi foydalanmoqda
 Гость
 27.09.2017
 Просмотры: 275
Telegram messenjeridan bir oyda 62 million foydalanuvchi faol foydalanmoqda. Bu haqda, Siliconrus.com’ning xabar berishicha, loyiha asoschisi Pavel Durov TechCrunch nashriga ma’lum qilgan.

Foto: Siliconrus.com

Foto: Siliconrus.com

Ishbilarmonning ma’lum qilishicha, bir kunda Telegram orqali ikki milliard xabar yuborilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2014-yilning dekabridan beri qariyb ikki barobar o‘sdi. Faol foydalanuvchilar soni esa 50 milliondan 62 milliongacha ko‘paydi.

TechCrunch tomonidan Telegram’ga taqqoslangan WhatsApp messenjeridan bir oyda 800 million kishi foydalanadi. So‘nggi bir yil ichida servis foydalanuvchilari soni deyarli ikki barobar ko‘paydi.

Telegram’da kuniga 220 ming kishi ro‘yxatdan o‘tmoqda. Dekabr oyida ushbu ko‘rsatkich 145 mingga yetgandi. TechCrunch’ning aniqlik kiritishicha, Telegram asosan Yevropa, Lotin Amerikasi, Hindiston, arab davlatlari va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida mashhur.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]