Название: To‘liq metall korpusli Samsung Galaxy A5 va A3 smartfonlarining Rossiyada sotilish narxlari e’lon qilindi
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 217

Yoshlar uchun mo‘ljallangan yangi Samsung Galaxy A5 va Galaxy A3 smartfonlarining Rossiyada sotilish narxlari Mail.Ru sayti tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.

 

Foto: Mail.Ru

Foto: Mail.Ru

Unga ko‘ra Rossiyada Galaxy A5 smartfonini taxminan 530, Galaxy A3 smartfonini esa 375 AQSh dollaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Biroq hozircha, ushbu smartfonlar qachondan sotuvga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A5 smartfoni 6,7 millimetr, Galaxy A3 esa 6,9 millimetr qalinlikda. Ikkala smartfon ham to‘liq metall korpusga ega, shuningdek, ulardagi 5 megapikselli old kamera selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan.

Galaxy A5 smartfonida 5 dyuym 720×1280 pikselli Super AMOLED displey,1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 13 megapikselli orqa kamera, 2300 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.

Galaxy A3 smartfonida 4,5 dyuym 540×960 pikselli Super AMOLED displey, A5 bilan bir xil protsessor, 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 1900 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan. Galaxy A5 va A3 smartfonlari Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.

 

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]