Название: Toshkent ko‘chalarida tankka o‘xshatib bezatilgan “Moskvich” harakatlangani xabar qilindi
 Гость
 21.11.2017
 Просмотры: 203
Toshkent shahri ko‘chalarida birida bugun, 9-may kuni tankka o‘xshatib bezatilgan “Moskvich” avtomobili harakatlangani aks etgan fotosuratlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylashtirildi.

 

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Suratlarda avtomobil tankka o‘xshashi uchun ustiga maxsus moslamalar o‘rnatilgani, mashinaning o‘zi, qo‘shimcha vositalar hamda avtomobil yoritgichlari va oynalarining ko‘pchiligi yashil rangga bo‘yalgani ko‘rinib turadi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Mashinaning yon tomonida esa T-412 yozuvini ko‘rish mumkin. Guruh foydalanuvchilari haydovchi avtomobilni bunday bezatishi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlanganini taxmin qilgan. Shuningdek, bunday bo‘yash ba’zi qoidalarga zidligi qayd etilgan.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]