Название: Toshkentda Innovatsion g‘oyalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi
 Гость
 19.08.2017
 Просмотры: 281
2015-yil 19—21-may kunlari “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazmalar zalida VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi o‘tkaziladi, deb xabar beradi UzDaily.

Foto: dpo.uz

Foto: dpo.uz

Yarmarkada 100 dan ortiq ilmiy tashkilotlarning sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, axborot texnologiyalari, fan va ta’lim, yuqori texnologiyalar, quvvat tejovchi texnologiyalar sohalaridagi innovatsion mahsulotlari hamda yosh tadqiqotchilarning ishlanmalari namoyish etiladi.

Shu bilan birga, VIII yarmarka doirasida birinchi marta Toshkent xalqaro innovatsion forumi o‘tkaziladi. Unda chet davlatlarining yetakchi ilmiy tashkilotlari, mamlakatimizning yuqori salohiyatli ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari hamda ijodiy va innovatsion faoliyat bilan faol shug‘ullanadigan yosh olimlar qatnashadi

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]