Название: Toshkentning turar joy dahalariga 30 dan ortiq ko‘p qavatli avtoturargohlar joylashtirish taklif etiladi
 Гость
 22.07.2017
 Просмотры: 180
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi shaharning turar joy dahalari hududida 30 dan ortiq ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish bo‘yicha taklif tayyorlab qo‘ydi, deya xabar bermoqda “UZ24”.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

Boshqarmaning nashrga jo‘natilgan maktubida aytilishicha, uylar oldidagi hududlarga  mashinalarni saqlash uchun mo‘ljallangan ochiq va yopiq turdagi avtoturargohlarni joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda turar joylar derazalarigacha bo‘lgan me’yoriy masofa saqlanishi kerak.

Garajlar buzilgan taqdirda avtomobil egalariga avtoturargohda doimiy joy taqdim etiladi. Joy uy manzili va mashinaning davlat raqami ko‘rsatilgan taxtacha bilan belgilab qo‘yilishi kerak.

Bunda avtoturargohlarda bo‘sh turgan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan joylarda avtomobillarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi. Xizmatlar ushbu joylarga biriktirilgan mashinalar egalari roziligi bilan ko‘rsatiladi. Bunda kassa apparati va plastik kartalar uchun terminaldan foydalanish majburiydir.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]