Название: UMS’ning barcha tariflari va internet paketlari — to‘liq ma’lumot
 Гость
 22.07.2017
 Просмотры: 1031

1-dekabrdan ish boshlashi kutilayotgan Universal Mobile Systems (UMS) mobil operatorining ovozli yordamchisi — 130-09-09 raqami orqali tarif rejalari, aksiyalar va internet paketlari haqida to‘liq ma’lumot bermoqda, deb xabar berdi “iLike.uz”. Ovozli yordamchi raqamiga faqat shahar telefonlaridan qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

 

Foto: mobile.uz

Foto: mobile.uz

Tariflar

“Start” tarifida kunlik abonent to‘lovi 10 sent bo‘lib, O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining bir daqiqasi va bir SMS narxi 3 sentni tashkil qiladi. Tarif oyiga 100 Mb tekin internetni ham o‘z ichiga oladi.

“Maxi” tarifida oylik abonent to‘lovi 15 dollar bo‘lib, oyiga O‘zbekiston bo‘ylab 1000 daqiqa so‘zlashuv va 600 Mb internetni o‘z ichiga oladi. Bir SMS narxi – 2 sentni, limitdan tashqari so‘zlashuvning bir daqiqasi 2 sentni, 1 Mb internet esa 10 sentni tashkil qiladi.

Yuqoridagi ikki tarif haqida avval batafsil ma’lumot bergan edik.

“Absolyut” tarifida oyiga 150 dollarga O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroq, SMS va internet taqdim etiladi.

Shuningdek, ikkita korporativ tarif ham ishga tushiriladi.

Corp tarifida oyiga 25 dollarlik to‘lov evaziga kompaniya ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, kompaniya tashqarisida esa 2000 daqiqa, 1000 SMS, shuningdek 800 Mb internet taqdim etiladi.

Corp VIP tarifida esa oyiga 45 dollar evaziga kompaniya ichida cheksiz va kompaniya tashqarisida 5000 daqiqa qo‘ng‘iroq, 2500 ta SMS hamda 1200 Mb internet taqdim etiladi.

Internet-paketlar

UMS ikkita internet-paket joriy qilishi ham ko‘zda tutilgan: 5 dollar evaziga 300 Mb, 10 dollar evaziga 1000 megabaytlik paketlarni yoqtirish mumkin.

UMS ofislari

Qayd etilishicha, UMS ofislari soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Toshkent shahridagi bosh ofis Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq “MTS-O‘zbekiston”ning bosh binosida bo‘ladi. Shuningdek, Labzak mavzesidagi ofis ham ishga tushadi.

 
 
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]