Название: Vladimir Putin ko‘rinishidagi ulkan qo‘g‘irchoq Buyuk Britaniya ko‘chalarini “aylanib chiqdi”
 Гость
 21.10.2017
 Просмотры: 338

5-noyabrga o‘tar kechasi Gay Foks oqshomida Buyuk Britaniya ko‘chalaridan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning ulkan qo‘g‘irchog‘i o‘rnatilgan platforma o‘tib ketdi. Bu haqda 3News’ga tayanib, “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.

 

Foto: eurointegration.com.ua

Foto: eurointegration.com.ua

Qayd etilishicha, oqshom Buyuk Britaniyaning janubida joylashgan Lyuis shahrida keng nishonlangan. Xususan, tankda o‘tirgan qo‘g‘irchoq (chuchelo) Vladimir Putin mazkur shahar ko‘chalarini “aylanib chiqqan”.

Bundan tashqari, Putin rossiyaparast ayirmachilar tomonidan urib tushirilgan Malayziya samolyoti bo‘laklari ustida qurol ushlab turgan holda tasvirlangan.

Foto: eurointegration.com.ua

Foto: eurointegration.com.ua

Buyuk Britaniyaning Edenbrij shahrida esa fuqarolar Yevropa komissiyasining sobiq prezidenti Joze Manuel Barrozuning ulkan qo‘g‘irchog‘i (chuchelosi)ni o‘rnatdi.

Xuddi shu vaqtda Londonda bir necha yuz namoyishchi Gay Foks niqoblarida ko‘chalarga chiqib, parlament va Bukingem qasri tomon bora boshladi. Parlament binosiga boradigan yo‘l politsiyachilar tomonidan berkitib qo‘yilgach, namoyishchilar ularga qarata Molotov kokteyllarini uloqtirdi.

Foto: eurointegration.com.ua
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]