Название: Xitoy Oyga o‘zining ilk lunoxodini jo‘natadi
 Гость
 19.01.2018
 Просмотры: 665
Xitoy Oyga o‘zining ilk lunoxodini jo‘natadi

Xitoy 1-dekabr kuni (Xitoy vaqti bilan 2-dekabr) bortida Yutu lunoxodi bo‘lgan Chan’e-3 fazoviy kemasini Oyga uchirib, Yer yo‘ldoshi yuzasiga qo‘ngan uchinchi davlatga aylanmoqchi, deb  The Verge.

1126_Jade_Rabbit_630x420

Yutu lunoxodi © Businessweek.com

Lunoxodga berilgan Yutu yoki "Zumrad quyon” nomi 190 000 taklif ichidan ovoz berish yo’li bilan tanlab olingan.

Xitoyning Oy dasturi rahbari Li Benjengning aytishicha, Yutu mehribonlik, soflik va chaqqonlik timsoli va u fazoni tinchlik yo‘lida o‘rganish maqsadini o‘zida mujassam etadi.

Xabarda ta’kidlanishicha, barchasi rejadagidek o‘tsa, Chan’e-3 tahminan 14-dekabr kuni Oyga yetib borib, Kamalaklar dengiziga qo‘nadi. Shundan so‘ng olti g‘ildirakli lunoxod uch oy davomida Oydagi tabiiy zahiralarni o‘rganadi.

Shuningdek, Xitoy Oyga insonlarni chiqarib, u yerda uzoq muddatli stansiya qurishni ham ko‘zlamoqda. Biroq Xitoy rasmiylari boshqa davlatlar bilan "samoviy poyga” boshlash rejasini inkor etib, mamlakat qadam-baqadam o‘z kosmik dasturini amalga oshirayotganini ta’kidlamoqda.

Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]